Ispaniya matbuoti malumotiga ko'ra, klub 2020 yil pandemiya davrida futbolchilarga vada qilingan mukofot pullarini to'ladi. Klub Leo Messi, Ronald Kuman, Filippe Koutinodan so'nggi qarzlarini yopdi. Umumiy olganda barcha futbolchilar oldidagi qarzlar 16 mln evroni tashkil qilgan.
Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgandi. O'shanda "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sababli futbolchisi bilan shartnomani uzaytira olmagandi. Shu sababli Messi PSJga yo'l olgan va ikki mavsumlik faoliyatidan keyin "Inter Mayami"ga o'tgandi.
Messining AQSH klubi bilan amaldagi kelishuvi shu yil oxirida yakuniga etadi.