“Neftchi” akademiyasi faoliyatini boshlamoqda!

  • Mr.NoBoDy 28.06.2025 14:56
  • 42
  • 30

"Neftchi" futbol klubi- uzoq yillik tarixga ega.

1962 yilda tashkil bo'lganidan buyon Farg'ona faxri, millionlab muxlislarning sevimli jamoasi bo'lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida klub o'zining eng yorqin sahifalarini ochdi. O'z maktabidan etishib chiqqan iqtidorli o'yinchilar jamoaning nafaqat mamlakatda, balki jahon miqyosida ham malum va mashhur bo'lishini, besh karra O'zbekiston chempioni va yuksak medallar sohibi bo'lishini taminladi. 

Bugun esa klub tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Jamoaning o'z futbol akademiyasi ish boshlamoqda. Bu tashabbus Farg'onada yuzlab futbol yulduzlari paydo bo'lishiga akademiya tarbiyalanuvchilari jamoaning har jihatdan rivojlanib, yuksak cho'qqilarni muvaffaqiyatli egallashlariga zamin yaratadi.

“Neftchi” futbol akademiyasiga 6 ta yosh toifasida 2009-2010-2011-2012-2013-2014 yilda tug'ilgan futbolchilar qabul qilinadi.

Shu tariqa, Farg'ona futbol akademiyasi yangi iqtidorlarni kashf etish va tarbiyalash, jamoani bo'lajak futbol yulduzlari bilan taminlash va shahrimizning azaliy shon-shuhrati va ananalarini qayta tiklash uchun kurash maktabi bo'lib xizmat qiladi.

Murojaat uchun:

+998505005930

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar