Ter Shtegen "Barselona"da qolmoqchi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2025 20:24
  • 57
  • 30

"Barselona" posboni Mark Andre ter-Shtegen "Monako"ga rad javobini berdi.

"Marca" malumotiga ko'ra, monegasklar "Barselona" posboniga murojaat bilan chiqqan, biroq germaniyalik kiper jamoada qolmoqchiligini malum qilgan.

Kataloniya klubi futbolchining istaklari qanday ekanligini yaxshi biladi. Lekin baribir uni sotib yuborish asosiy maqsadga aylangan. Shu orqali klub maosh varaqasidagi summani kamaytiradi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" "Espanol"dan 25 mln evro evaziga Joan Garsiyani sotib oldi va u kelasi mavsumda jamoaning asosiy kiperi bo'lishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar