Fakt: "Neftchi" 17 yildan buyon mehmonda "Qizilqum"ni yuta olmayapti

  • Mr.NoBoDy 28.06.2025 15:16
  • 36
  • 30

Bugun Superliganing 14-tur uchrashuvlari davom etadi.

Navoiyda mahalliy "Qizilqum" va Farg'onaning "Neftchi" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Jamoalar shu kunga qadar chempionat doirasida 46 marotaba uchrashishgan bo'lib, bu o'yinlarning 23 tasida omad "Neftchi"ga kulib boqqan. 12 ta o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta bellashuvda tabloda durang natijasi aks etgan. 

Qiziq malumot shuki, farg'onaliklar 17 yildan buyon mehmonda "Qizilqum"ni yutishni uddasidan chiqa olayotgani yo'q. Jamoa oxirgi marotaba 2008 yilgi mavsumning 21-turida Navoiyda 3 ochkoga ega chiqqan. Keyingi 15 ta bahsning 8 tasida "oltin izlovchilar" g'alabaga erishgan bo'lsa, 7 ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

Malumot uchun, "Neftchi" ayni damda jadvalda 6, "Qizilqum" esa 13-o'rinda ketmoqda. Uchrashuv 20:00da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar