Superliga. "Qizilqum" – "Neftchi" 0:1 (matnli tranlsyaciya)

  • Mr.NoBoDy 28.06.2025 21:40
  • 48
  • 30

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvi tarkiblari malum qilindi.

Superliga

14-tur

"Qizilqum" – "Neftchi" 0:1 (LIVE)

Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00

Gol: Ikrom Aliboev (Quvondiq Ro'ziev) 68'

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Muhammad Baxtiyorov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Elnur Doniyorov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov, 8.Shahzod Rahmatullaev (11.Jambuli Jigauri, 55), 10.Roman Papariga, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov, 23.Samandar Shukurullaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (20.Bobomurod Bozorov, 67), 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Kamron Norqulov, 6.Murodali Usmonov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 19.Ilhomjon Kenjaev, 24.Xo'jamurod Tursunov, 33.Sulton Rahmatov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze, 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Shohruh Gadoev, 17.Muhammadali G'iyosov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov, 90.Dilshod Sharofutdinov.

Ogohlantirishlar: Abror Ismoilov (34), Roman Papariga (55), Ilhom Vahobov (66).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




72. Kumburovich Yo'ldoshevga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

68. GOL! Ikrom Aliboevdan "pushka"! Uning o'ng oyoqdagi o'ta kuchli zarbasi darvoza to'qqizligiga kirib ketdi – 0:1!   

67. "Qizilqum"da almashtirish: Jumanqo'ziev o'rniga Bozorov maydonga tushdi. 

66. Ilhom Vahobov Ismoilovni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi. 

65. Jumanqo'ziev maydonda yotiribdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchilar bundan unumli foydalanib, tomoqlarini ho'llab olishmoqda. 

60. Zarbaaa! "Neftchi"ning ketma-ket hujumlari hozircha ish bermayapti. Anvarjon G'ofurovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qoldi.  

55. Roman Papariga taktik folga qo'l urgani uchun ogoxlantirildi. 

55. "Qizilqum"da o'zgarish: Rahmatullaev o'rniga Jigauri bahsni davom ettiradi. 

54. Zarba! Papariga oxirigacha kurash olib borib zarba nuqtasigacha chiqib bordi, uning zarbasidan keyin to'p Cigerga tegib maydondan chiqib ketdi. 

52. Uuuux! Jamshid Iskanderovning yaqin masofadan bergan zarbasini Sanjar Quvvatov bartaraf etdi! Dahshat! 

51. Zarbaa! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning kuchli zarbasidan keyin to'p raqibga tegib maydonni tark etdi. 

48. Muhsinjon Ubaydullaevning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng navoiylik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! Vahobovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Papariga bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

40. Zarbaaa! Yo'ldoshevning qulay pasidan so'ng Iskanderov chap oyoqda darvozani poyladi, to'p ustunga tegib qaytdi. 

39. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Tabatadze bilan o'zaro devor uslubida o'ynab, qochib ketmoqchi edi, biroq Bekmuratov tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi. 

34. Abror Ismoilov yon hakamga nisbatan jiddiy etiroz bildirgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

31. Miyichning pasidan so'ng Papariga o'ng oyoqda zarba yo'lladi, to'p xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi. 

29. Abror Ismoilov o'ng qanotdan oldinga bordi va Ilhom Vahobov qarshiligiga duch keldi. To'p farg'onalik xavbekka tegib maydondan chiqib ketdi.  

27. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 45% – 55%. "Neftchi"dagi ustunlik u qadar yuqori emas.  

23. Abror Ismoilovning libosi yirtilib ketdi, tez orada unga yangi libos berishsa kerak. 

19. Iskanderov to'pni olib qo'yib, tezkor hujum takshil etishga oshiqib, Tabatadzega pas berdi, biroq maydon markazida Anvarov unga nisbatan qoidani buzdi. 

15. Zarbalar bo'yicha hisob 1:1, ammo aniq zarba kuzatilganicha yo'q. 

11. GOLPapariganing qulay pasidan keyin Shahzodbek Rahmatullaev qiyinchiliksiz darvozaga yo'l topdi, ammo bu orada yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini bildirdi. 

11. Papariga hujum chog'ida Quvondiq Ro'zievga nisbatan fol ishlatdi.  

8. To'p u jamoadan bu jamoaga o'tmoqda. Hozircha aytarli vaziyat yo'q.

4. "Neftchi" to'pni o'zida saqlagan holda o'yinni nazorat qilib turibdi. 

1. O'yin boshlandi! 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar