"Manchester Siti" KO‘JCH guruh bosqichida eng ko‘p daromad oldi.
Kecha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlandi. Bugun 1/8 final bosqichi start oladi.
The Athletic nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu turnirdagi ishtiroki uchun hozircha eng katta daromadni "Manchester Siti" qo‘lga kiritgan, u guruhdaga barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi va 9 ochko to‘pladi.
Top 10 quyidagicha:
1. «Manchester Siti» – 51,7 mln dollar;
2. «Real» – 48,4 mln;
3. «Bavariya» – 45,1 mln;
4. «PSJ» – 42,8 mln;
5. «Chelsi» – 40,5 mln;
6. «Borussiya» Dortmund – 39,2 mln;
7. «Inter» – 36,8 mln;
8. «Benfika» – 29,9 mln;
9. «Flamengo» – 27,7 mln;
10. «Botafogo», «Fluminense», «Palmeyras» – 26,7 mln.
"Yuventus" 26,6 mln, "Atletiko" 23,7 mln, Lionel Messining "Inter Mayami"si 21,1 mln dollar olgan.