"Sifatli va yaxshi o'yin o'tkazdik. Vaziyatlar ham yaratildi, ammo realizaciya masalasida muammolar bor. Rikoshet tufayli gol o'tkazib yubordik. Shu sababli o'zimiz yaratgan vaziyatlar foydalanishimiz kerak. Bugun buni uddalay olmadik. O'yinni va to'pni nazorat qildik" - dedi Vitaliy Levchenko bahs yakunlangach.
- Jamoa kuchli tarkibga ega, ammo bor-yo'g'i bir nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. Taktikani o'zgartirish vaqti kelmadimi?
- Qaysi hujumchi?
- Masalan, Muhammadali G'iyosov.
- U qanot yarim himoyachisi.
- Marushich ham bor-ku.
- Qaydnomani qaradingizmi? Siz qaydnomaga qaraysizmi o'zi? Birinchi qaydnomaga qarang va keyin savol bering.
- Jamoangiz to'liq ustunlik qilganiga qaramay, raqib darvozasiga berilgan zarbalar sonini barmoqlar bilan sanab olish mumkin. Buning sababi nimada?
- Darvoza to'sinini ikki marotaba nishonga oldik. Bular ham zarba hisoblanadi. To'p o'zi borib qolmaydi-ku. Biz ham ko'proq zarbalar bo'lishini istaymiz. Golni ham uzoq masofadan yo'llangan zarba orqali kiritdik.
- "Neftchi" ko'p hujum qilmoqda, ammo darvoza yaqinida ijro yo'q...
- Men ham shuni aytyapman. Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ulardan foydalanmadik. Agar realizaciya yaxshiroq bo'lganida, o'yin natijasini hal qilib bo'lgan bo'lar edik.
- "Qizilqum"ni qanday o'rganib chiqqan edingiz. Yaqindagina jamoada bosh murabbiy o'zgardi...
- Biz murabbiylar o'zgarganiga qaramaymiz. Jamoa namoyish etayotgan o'yinni tahlil qilamiz. "Andijon"ga qarshi o'yinda ishtirok etishgan edi. Albatta, ko'ramiz va o'rganamiz.
- "Qizilqum" jamoasining hozirgi o'yini musobaqa jadvalida nechanchi o'ringa deb o'ylaysiz?
- Jamoa namoyish etayotgan o'yin, egallab turilgan pog'onaga mos. Bizda ham xuddi shunday.