"Diario Sport" malumotiga ko'ra, garchi "Barselona" Niko Uilyamsning transferini uddalay olsa ham Reshfordga bo'lgan etiborini yo'qotmaydi.
Barchasi hujumkor futbolchilarning jamoadan ketishiga bog'liq bo'ladi. Ansu Fati "Monako"ga o'tdi. Endi "Barselona" Pau Viktorning transferi ustida ishlamoqda.
Xansi Flikka Reshfordning universalligi maqul kelmoqda. So'nggi yillarda "Barselona"da jarohatlar ko'paygani ham tarkibni jiddiy kuchaytirishga sabab bo'lmoqda.
Reshfordning o'zi ham "Barsa"ga o'tishni istayapti. Futbolchi ijara asosida o'tishga va maoshining kamayishiga ham rozi. "Barselona" sababli Reshford "Chelsi", "Nyukasl" va "Aston Villa", shuningdek, Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifga rad javobini bergan.