Enco Mareska: "Chelsi" so'nggi oydagi eng zo'r o'yinini o'tkazdi"

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 11:32
  • 24
  • 30

"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finali doirasida "Benfika"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Xursandman, biz muhim turnirning chorak finaliga yo'llanma oldik. 85 daqiqa mobaynida biz raqib g'alaba qozonishi uchun imkoniyat bermadik. Jamoam juda yaxshi ko'rindi.

Bu jamoamning so'nggi ikki hafta, balki, so'nggi oydagi eng yaxshi o'yini bo'ldi. Biroq ikki soatlik tanaffusdan keyin barchasi o'zgarib ketdi, temp buzildi. Biz bungacha bo'lgandek o'ynashga harakat qildik, biroq buning iloji bo'lmadi.

85 daqiqa mobaynida raqibga imkoniyat bermayotgandik, qolgan daqiqalarda esa raqiblar vaziyat yaratishdi, bu tasodif emas. Ular gol urishdi, chunki ularga bu kerak edi. Kiyim almashtirish xonasiga kirib ketayotganda biz g'alaba qozonayotgandik, maydonga qaytganimizdan keyin barchasi boshqacha bo'ldi. Oson emas", - dedi Mareska.

"Chelsi" 1/4 finalda "Palmeyras"ga qarshi o'ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar