"The Telegraph" xabariga ko'ra, yangi stadion Londonning Erls-Kort tumanida quriladi. Muhokamaning asosiy tashabbuskori London meri Sodiq Xonning o'zi bo'lgan va bunga qadar ham "Chelsi"ni yangi stadion qurish uchun suhbatga chaqirgan.
Meriya vakillari suhbatlar bo'lganini malum qilishdi, lekin "Chelsi" hozircha bunga qanday javob bergani malum emas. Aytilishicha, "Chelsi" ham bu taklifga yo'q demagan bo'lishi mumkin.
Chunki "Chelsi" o'yinlarini o'tkazib kelayotgan "Stemford Brij" 1877 yilda qurilgan.