- Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli darvozabon kim?
- Yaxshi sheriklarim bo'lgan: Kasilyas yoki Valdes. Ular "Real" va "Barselona"da o'ynagani sababli doimo boshqalardan ajralib turishardi. Men aynan ularni tanlayman.
Lekin boshqa darvozabonlarni ham aytsam bo'ladi, chunki kuchli darvozabonlar ko'p edi. Van der Sar, Buffon, Chex. 25 yillik faoliyatim davomida ko'plab yaxshi darvozabonlarni ko'rdim.
- Maydondagi raqiblardan qaysi biridan ko'proq qo'rqqansiz?
- Angliyada o'ynab yurgan paytlarimda "Liverpul" va "Chelsi" o'rtasida katta raqobat bo'lardi, o'shanda Drogbaga qarshi o'ynash haqiqiy dahshat edi, - dedi 42 yoshli Pepe Reyna.