Yurgen Klopp: "G'alati eshitilishi mumkin, endi murabbiylik qilishni istamayman"

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 19:40
  • 33
  • 30

Bir mavsum davomida murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmagan Yurgen Klopp o'tgan vaqti va murabbiylik faoliyati haqida gapirdi.

"Hech qachon bir o'zim bo'lmagandim. Endi esa o'zimga ham vaqt ajratyapman. Qanchalik g'alati eshitilishi mumkin, lekin o'tgan ishlarni yana qilishni istamayman. Qilgan ishlarim meni normal hayotdan ajratib qo'ygan ekan - demak, menda normal hayotning o'zi ham bo'lmagan. Normal hayot qanaqasiga bo'ladi: mashinaga o'tirsam faqatgina uy manzilim bo'lardi: stadion, mashg'ulot qarorgohi va uy.

Lekin Liverpulda mening mehmonlarim ko'p edi, shu sababli umuman vaqtim ham bo'lmasdi. So'nggi 4 oyda ikkita to'yga bordim, bungacha 23 yil ichida biror marta to'yga bormagan ekanman. Endi unday bo'lmaydi.

Endi hozirgi ishim menga ko'proq rohat va bosim bermoqda. Balki ertalab uxlamasman, balki, kechasi kech uxlarman, lekin ishimni yaxshi tashkillashtiryapman. Rafiqam ham bundan mamnun. Istalgan tadbirni oldindan rejalashtira olyapmiz", - dedi Klopp.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar