Superliga. "Buxoro" - "Sho'rtan" 3:1 (Matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 21:56
  • 78
  • 30

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Sho'rtan" bahsi boshlandi.

"Buxoro" - "Sho'rtan" 3:1 LIVE

Gol: 30 - Doniyor Narzullaev. 40 - Asilbek Qayyumov (Shahboz Jo'rabekov), 49 - Frane Chiryak, 87 -  Izzatillo Po'latov (Muhammad Yo'ldoshev)

"Buxoro" – "Sho'rtan"

29.06.2025, 20:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Azimov, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Diyor Temirbekov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Komissar: Feruz G'aniev

"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullaev, 2. Izzatillo Po'latov, 5. Sardor Qulmatov, 10. Shohruz Norxonov ((19. Bilol Tupliev, 46)), 17. Javohir Ro'ziev (6. Ravshan Hayrullaev72), 25. Frane Chiryak, 27. Muhammad Yo'ldoshev, 33. Yosip Tomashevich , 77. Asilbek Qayyumov ( 88. Dominik Begich,55), 96. Frane Ikich, 97. Shahboz Jo'rabekov (9. Husayn Ergashboev, 90).

Zaxiradagilar: 21. Otabek Boymurodov, 4. Javohir O'tamurodov, , 7. Muhammadsafo Fozilov, 8. Anvarjon Jo'raev, 93. Marko Kolakovich.

"Sho'rtan": 1. Shohruh Eshbo'taev, 3. Shohjahon Sultonmurodov, 4. Ulug'bek Hudoyberdiev, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 10. Temur Mamasiddiqov, 15. Jo'rabek Mannonov (11. Daler Sharipov, 85), 19. Nuriddin Hasanov (33. Bekjon Rahmatov, 46), 24. Doniyor Narzullaev, 45. G'anisher Qodirov (9. Shahzod Nematjonov, 46 (8. Shahboz Nuriddinov, 74)), 55. Azizbek Pirmuhammadov, 77. Asadbek Saidxonov (14. Abrorbek Toshqo'ziev, 70).

Zaxiradagilar: 35. Sherzodbek Abduraimov, 22. Sardor Sadullaev, 70. Mirjalol Jumaev, 99. Kamron Saydazimov.

Ogohlantirish: 56 - Javohir Ro'ziev


YANGILASH



87. GOOOL. VAR ko'rdi va buxoroliklar ofsaydda emasligi malum bo'ldi. Gol muallifi Po'latov.

Gol hisobga olinsa, yon hakam katta xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Sababi yon hakam VAR bo'lishiga qaramasdan bayrog'ini ko'tardi. Buni ko'rgan mehmonlar to'pga yugurishmadi. Bosh hakam esa o'ynashga imkon berdi. Shu tariqa, mezbonlar hech qanday qarshiliksiz gol urishdi. Ko'ramiz...

Hakam VARni eshitmoqda

87. Buxoroliklar gol urishdi, biroq yon hakam ofsayd qayd etdi

85. Sharipov Mannonovning o'rniga maydonga tushdi

81. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Begichning zarbasi noaniq ketdi

79. Uchrashuvdagi shiddat ancha pastladi. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Mehmonlar esa hujum tashkil qilishda muammolar bor

74. Ikkinchi bo'limning boshida maydonga tushgan Nematjonovning o'rniga Nuriddinov maydonga tushdi

72. Ro'ziev uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga Ravshan Hayrullaev maydonga tushdi

70. Toshqo'ziev Saidxonovning o'rniga maydonga tushdi

64. Mehmonlardan navbatdagi hujum. Mamasidiqovning zarbasiga aniqlik etishmadi

58. Asadbek Saidxonovning zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi. G'uzorliklar burchak zarbasidan foydalana olishmadi

56. Javohir Ro'ziev hakam tomonidan ogohlantirildi

55. Begich Qayumovning o'rniga maydonga tushdi

52. Tupliev yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

49. GOOOL. Frane Chiryakdan super gol. Legionerning zarbasi shunchaki dahshat chiqdi. Bu zarbani darvozabon olishi juda qiyin edi

46. Rahmatov va Nematjonov maydonga tushdi. Qodirov va Hasanov maydoni tark etdi

46. Tupliev maydonga tushdi. Maydoni Tomashevich tark etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Tanaffus. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 1:1

40. GOOOL.  Jo'rabekovdan super uzatma va Qayumovdan gol.

36. Javohir Ro'ziev yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq yosh futbolchining zarbasi juda noaniq

33. Himoyachining xatosini Eshbo'taev to'g'irlamoqda

30. GOOOL. Doniyor Narzullaev hisobni ochmoqda. Jarimadan uzatilgan to'pni Abdullaev qaytardi. Qaytgan to'pni esa Narzullaev ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi

28. Sirojiddin Qo'zievning zarbasi ancha noaniq ketdi

25. Qayumov ikki daqiqaning ichida ikkinchi marta zarba yo'lladi. Uning zarbasi noaniq ketdi

24. Asilbek Qayyumovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

19. Hozircha mezbonlar uzatmalarda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishmoqda va buning natijasida mehmonlar maydon markazidan to'p bilan hujumga o'tishmoqda. Biroq g'uzorliklarda ham hozircha xatoliklar etarli

16. Asadbek Saidxonovning zarbasi juda noaniq ketdi

15. Uchrashuv ancha sokin o'tmoqda. Tomonlarning hech biri hali xavfli vaziyat yaratishmadi

9.Ulug'bek Hudoyberdiev yo'llagan zarbasi himoyachiga tegmoqda

5. Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Biroq Abdullaev to'pni egallab oldi

Uchrashuv boshlandi

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar