"PSJ" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida "Inter Mayami"ni mag‘lub etdi - 4:0.
Parijliklar yarim himoyachisi Joau Nevesh dublga erishdi. Portugaliyalik futbolchi 6 va 39-daqiqalarda gol urdi. 44-daqiqada "Inter Mayami" himoyachisi Tomas Aviles o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Ashraf Hakimiy yakuniy hisobni o‘rnatdi.
"PSJ"ning sobiq hujumchisi Lionel Messi "Inter Mayami" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
"PSJ" musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. U yerda Luis Enrike jamoasi "Flamengo" - "Bavariya" juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.