Eldor Moyliev: "Yakkakurashlarda yutqazsangiz, hech qanaqa taktika yordam bermaydi"

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 23:56
  • 48
  • 30

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Sho'rtan" (3:1) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalo o'yin haqida fikringiz?

- Birinchi bo'limni yaxshi boshladik, gol ham urdik, nazorat o'z qo'limizda edi. Ammo afsuski, o'z xatomiz tufayli to'pni yo'qotib gol o'tkazib yubordik. Biz uchrashuvdan avval yigitlarga aytgandik, "Buxoro" standart vaziyatlarda yaxshi harakat qiladi deb. Raqib ikkinchi golni urib olgach, chuqur himoyalandi, bu esa bizga qiyinchilik tug'dirdi.

- "Sho'rtan" goldan so'ng nega o'yinni susaytirdi?

- To'g'ri aytdingiz, golgacha juda yaxshi o'ynab turgandik, lekin nimagadir to'p kiritganimizdan so'ng biroz pasayib qoldik. Yakkakurashlarda ham yutqazdik. Hozirgi futbol ko'p kuch talab qiladi, agar siz yakkakurashlarda yutqazsangiz, hech qanaqa taktika foyda bermaydi.

- "Sho'rtan"da yosh tarkib o'ynayapti. Shu haqda nima deya olasiz?

- O'yindan o'yinga vaqtimiz kam bo'lyapti. Shu bois ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra olmayapmz. Yoshlarga ham etibor beryapmiz, faqat vaqt kerak. Himoyadan chiqishda ham, hujumni rivojlantirishda ham mashg'ulotda sinab ko'rganlarimiz bugun o'xshamadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar