Odil Hamrobekov birinchi davrada unga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchi kimligini aytdi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 00:24
  • 48
  • 30

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Odil Hamrobekov saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi o'yin haqida fikringiz...

- Birinchi bo'limda o'zimiz kutgan o'yinni namoyish eta olmadik. Oddiy xatolarga yo'l qo'yganimiz bois, o'yin ritmini qo'ldan chiqardik. Ikkinchi bo'limda esa tartibli o'yinimiz evaziga g'alaba qozondik. Bugun darvozabonimiz ham yarim jamoa bo'ldi.

- "Bunyodkor" natijalarida stabillik etishmayapti, bunga sabab nima?

- Jamoa tarkibi yangidan shakllangan, ular orasida yoshlar ham bor. Endi shakllanayotgan yoshlardan stabillik kutish noto'g'ri bo'ladi. Shu ham sabab bo'lishi mumkin.

- "Bunyodkor" O'zbekiston kubogidagi ishtirokini ham davom ettiryapti. Bu jarayon jamoaga qo'shimcha bosim yuklamaydimi?

- Yo'q, aksincha, bu qo'shimcha energiya beradi.

- Birinchi davrada deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushdingiz. Ushbu davrdagi o'yinlarda siz uchun maydondagi poziciyangizda eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchini ayta olasizmi?

- Bizning maydondagi vazifamiz "qora mehnat" hisoblanadi. Birinchi davrada eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchi "Nasaf" azosi Dragan Cheran bo'lsa kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar