Leyla Oraniyazova: "Laosga qarshi biroz qiynaldik"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 16:40
  • 30
  • 30

O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Leyla Oraniyazova Laosga qarshi bahsdan so'ng (0:7) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Laosga qarshi biroz qiynaldik. Sababi biz Nepal terma jamoasiga etib olishimiz kerak edi. O'yin so'ngida gollar kiritdik va vaziyatni o'nglab oldik. Bundan xursandmiz" - deya fikr bildirdi Leyla Oraniyazova bahs haqida.

- Dastlabki ikki uchrashuvdagi raqiblarimizning darajasi haqida nimalar deya olasiz? 

- Mening fikrimcha, Laos Shri-Lankadan ancha kuchli ekan. Shri-Lankaning birinchi turdagi o'yini qovushmadi. Bugun esa ular Nepalga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. 

- Nepal terma jamoasining hujumchilari haqida fikr bildirib o'tsangiz? To'qqizinchi raqamli hujumchi ancha tezkor ekan.. 

- Ha. Biz ularni tahlil qilib chiqmoqdamiz.

- Maydon holati haqida nimalar deya olasiz... 

- Qiyin bo'lmadi, ammo biroz noqulaylik tug'dirdi.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar