"CBS Sports" telekanaliga bergan intervyusida u bunday miqdorlar haqiqatdan yiroq ko'rinishini qayd etdi.
"150 mln evro nima? Bu syurreal. Bu shunchaki klublar o'rtasidagi raqam. 150 mln evro nimani anglatishini kim tasavvur qila oladi? Bu pulga Neymarni ololmaysiz, lekin ko'plab daraxtlar ekishingiz mumkin. 150 mln evro nimani anglatishini qanday baholashingiz mumkin? 150 mln evroga juda yaxshi narsalarni olishingiz mumkin", – dedi Myuller.
2017 yilda braziliyalik hujumchi Neymar transfer qiymati bo'yicha rekord o'rnatgandi: PSJ uning transferi uchun "Barselona"ga 222 mln evro to'lagan edi.