Hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog'liq holat sabab "Neftchi" xodimlarining ishi O'FA qo'mitasida ko'rib chiqiladi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 17:48
  • 54
  • 30

Joriy mavsum uchun qishki transfer oynasi 25 fevral kuni o'z yakuniga etgandi.

Transferning so'nggi kunida "Neftchi" klubi 4 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan bo'lib, keyinchalik aniqlanishicha, undagi ayrim hujjatlar soxtalashtirilgan bo'lgan.

PFL mutaxassislarini "Neftchi" klubiga "Cementchi" jamoasidan kelib qo'shilgan futbolchilarga tegishli ayrim hujjatlar shubhalantirgan. Keyinchalik mazkur masalada o'rganishlar olib borildi va ayrim jihatlar qayta tekshirib chiqildi. Shundan so'ng PFL Associaciyaning maxsus inspekciyasiga murojaat qilib, mazkur ishni to'liq o'rganib chiqishni so'radi.

O'tgan davr davomida maxsus inspekciya to'plangan barcha malumotlarni o'rganib, "Neftchi" va "Cementchi" vakillari bilan suhbatlar o'tkazdi hamda masalaga oydinlik kiritdi. "Cementchi" tarkibida ro'yxatdan o'tgan 4 futbolchining shartnomasi yakuniga etmagan bo'lsa-da, ayni vaqtda "Neftchi" klubida faoliyat olib borayotgan xodimlar 25 fevral kuni Ligaga yuklanishi lozim bo'lgan hujjatlarni soxtalashtirgan.  

Reglamentning buzilishi holatlari aniqlanganidan kelib chiqib, aybdor shaxslar va klubga nisbatan sankciya qo'llash uchun ushbu ish O'FA tegishli qo'mitasiga oshirildi. Qo'mita qaror qabul qilgach, bu haqda batafsil malumot beriladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar