"Bu lahzani engib o'tishim qiyin! Bundan yuqori maqsad bo'lishi kerak! Lekin men buni ko'rmayapman!
Diogu va uning ukasi Andrening o'limini bilib, yuragim ezilib ketdi. Diogu nafaqat fantastik futbolchi, balki ajoyib do'st, mehribon va g'amxo'r er va ota edi! Biz seni juda sog'inamiz!
Mening barcha ibodatlarim, fikrlarim va kuchlarim Rute (Jotaning rafiqasi – tahr.), farzandlari, oilasi, do'stlari va ularni sevgan barchaga!
Ruhing xotirjam bo'lsin", – dedi Klopp.
Avvalroq Ronaldu Diogu Jotaning fojiali vafotiga munosabat bildirgan edi.