Bahrom Haydarov: "Raqib jarima maydonchasi atrofiga borganda futbochlilarimizga sovuqqonlik va mahorat etishmayapti"

  • Mr.NoBoDy 04.07.2025 23:48
  • 57
  • 30

Superliga 15-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun ochko olishimiz juda muhim edi. Chunki turnir jadvalidagi o'rnimiz umuman bizni qoniqtirmayotgandi. Lekin buni uddalay olmadik. Yigitlar qattiq harakat qilishdi. Ularga bugungi o'yin uchun katta rahmat aytaman. Ular borini berib maydonda harakat qilishdi. Jamoalarning o'z turnirlari bor deyishadi-ku, hozirgi zamonaviy futbolda sifatli futbolchilar o'yinni ham hal qilishlari mumkin. Bugun biz buni amalda ko'rdik. Dorievni butun O'zbekiston gapirmoqda. Aynan shu futbolchi sababli birinchi bo'limni yutqazdik deb o'ylayman. 

Mehmonda o'ynayotgan jamoa uchun birinchi bo'limdagi ikkita gol juda katta zarba. Lekin shunga qaramay ikkinchi bo'limda tashabbus biz tomonda bo'ldi. To'g'ri, qarshi hujumlarda "So'g'diyona"da ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Biz hujumga o'tib, raqib jarima maydonchasi atrofiga borganimizda futbolchilarimizga sovuqqonlik va mahorat etishmayapti. O'yin bo'yicha hech kimga etirozimiz yo'q. "So'g'diyona"ni tabriklayman. Ozmi ko'pmi, bugun bizni tribunalarda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman", - dedi Bahrom Haydarov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar