Superliga. OKMK "Mashal" maydonida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

  • Mr.NoBoDy 05.07.2025 21:56
  • 69
  • 30

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Mashal" – OKMK uchrashuvi yakunlandi.

"Mashal" – OKMK 0:1

5.07.2025. G'uzor

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Roman Irgashev

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Aleksandr Burov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: 0:1 – 4, Avazbek O'lmasaliev (Xurshid G'iyosov)

"Mashal": 1.Umid Hamroev, 6.Javohir Abdualimov (8.Sardor Abduraimov, 76), 7.Islom Baratov (9.Ibrohim G'anixonov, 82), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov (96.Ibrohim No'monov, 83), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shahboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev (2.Mudasiru Salifu, 46)

Zaxira: 35.Doston To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 11.Asadbek Samariddinov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Islom Sharipov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches (27.Ali Abdurahmonov, 90), 15.Oybek Rustamov, 16.Naoki Senaga (99.Asadbek Sobirjonov, 73), 19.Ahmadullo Muqimjonov (2.Akrom Komilov, 73), 28.Arihiro Sentoku (30.Abror Sarimsoqov, 85), 77.Nodir Abdurazzoqov (8.Aziz Xolmurodov, 84)

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 44.Abror Karimov

Ogohlantirishlar: Sherzod Fayziev (40), Ergash Ismoilov (57), Ahmadullo Muqimjonov (59), Mudasiru Salifu (75)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. G'anixonovning yana bir zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

90+1. G'anixonov Sarimsoqov xatosidan foydalana olmadi, uning tepgan to'pini Ilyosov ushlab oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. OKMKda o'zgarish bo'ldi.

87. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Muzaffarov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Ilyosov o'z mahoratini namoyish etdi.

85. OKMK ham ikki o'zgarish amalga oshirdi.

83. "Mashal" ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

80. Muzaffarov tomonidan yo'llangan zarba noaniq ko'rinish oldi.

76. "Mashal" o'zgarishga qo'l urdi.

75. Salifu raqib oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

73. OKMK tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

70. Muzaffarovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

69. Baratovning o'ng qanotdan xavfli pasini Ahmadaliev qaytardi.

66. Senaganing jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

64. Baratovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Ergash Ismoilov tezlik jihatdan yaxshi futbolchi ekan.

60. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydonida turgan Murtozaev zarba berishga ulgurmadi.

59. Muqimjonov raqibning tezkor qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

57. Ismoilov Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

56. Ahmadaliev qo'lidan lat edi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

54. "Mashal"ning jarima uzatmasini OKMK himoyachilari qaytardi.

53. Ahmadaliev Ismoilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

49. OKMKning chap qanotdan uzatmasi Hamroevning qo'llariga borib tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Mashal" tarkibida o'zgarish bo'ldi.

Taym yakunlandi.

45+4. Chap qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydoniga kirib borgan Baratov zarba yo'lladi, biroz noaniq ketdi. Qolaversa, u ofsaydda ekan.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

41. Abdurazzoqovning burchak uzatmasidan so'ng O'lmasaliev bosh bilan zarba yo'lladi, bu gal biroz aniqlik etishmadi. Avazbek burnidan lat edi.

40. Fayziev Senaganing libosidan tortib qolgani uchun ogohlantirildi.

35. Baratovning o'ng qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish olib, maydonni tark etdi.

30. Papava raqib jarima maydonida qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Juda yaqin masofadan to'pni yuqoriga tepib yubordi. Unga Fayziev xalaqit qildi.

28. G'iyosovning pasidan so'ng OKMK futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish qaroriga keldi.

Futbolchilar chanqoqlarini qondirishmoqda.

24. Muqimjonovning uzatmasidan so'ng raqib jarima maydoniga kirib borgan Sanches bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.

22. Ikki jamoaning 28-raqamli futbolchilari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. "Mashal" foydasiga jarima zarbasi belgilandi.

20. Muqimjonovning chap qanotdan uzatmasiga raqib jarima maydonida zarba yo'llaydigan OKMK futbolchisi topilmadi, "Mashal" himoyachisi ishonchli harakat qildi.

17. Senaganing jarima maydoni tashqarisida o'ng oyoqda yo'llagan zarbasini Hamroev qaytardi.

9. Baratovga nisbatan Sentoku tomonidan fol ishlatildi. 

4. GOL! G'iyosovning jarimadan uzatgan to'pini OKMK himoyachisi Avazbek O'lmasaliev bosh bilan "Mashal" darvozasiga joylab qo'ydi!



4. OKMK burchak zarbasiga ega bo'ldi. G'iyosovning uzatmasi Murtozaev tomonidan qaytarildi, ammo keyinchalik u qoida buzdi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Mashal" ko'k, OKMK oq-kulrang rangli liboslarda to'p tepadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar