Uchrashuvning 45-daqiqasida nemis jamoasi etakchisi Jamal Musiala Donnarumma bilan to'qnashib ketishi natijasida jarohat oldi. Bild nashrining xabar berishicha, futbolchining oyog'i singan. Endi futbolchi kamida 3-4 oy jarohatini davolaydi.
Musiala yakunlangan mavsumda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.