AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» stadionida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasining chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiyaning “PSJ” jamoasi Germaniyaning “Bavariya” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. O‘yin taqdirini hal qilgan gollar esa o‘yin so‘ngida urildi. Parijliklar safida gollar mualliflari Dezire Due va Usman Dembele bo‘ldi. Ikkinchi gol jamoa 9 nafar futbolchi bilan harakat qilayotgan paytda urishdi. Uchrashuvning so‘nggi qismlarida PSJ futbolchilari Vilyam Pacho va Lukas Ernandes to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etishdi.
Yarim finalda PSJ “Real” — “Borussiya” (Dortmund) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati — 2025. 1/4 final
2025 yil 5 iyul, shanba.
PSJ (Parij, Fransiya) – “Bavariya” (Myunxen, Germaniya) - 2:0
Gollar: 1:0 — Dezire Due, 78; 2:0 — Usman Dembele, 90+6.
Qizil kartochkalar: Pacho — 82, Ernandes — 90+2-daqiqa (ikkisi — “PSJ”).