"PSJ" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. Shanba oqshomida Luis Enrike jamoasi "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Dezire Due va Usmon Dembele mualliflik qildi. Qizig‘i, ikkinchi golni parijliklar 9 kishi bo‘lib urishdi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "PSJ" himoyachilari Villian Pacho va Lyuka Ernandes qizil kartochka olishdi. Shu tariqa, Pacho va Ernandes yarim finalni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ" "Real" - "Borussiya" Dortmund uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 9 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.