Ilyos Zeytullaev: "Men murabbiyman, futbolchining shartnoma masalasini klub hal qiladi"

  • Mr.NoBoDy 06.07.2025 00:16
  • 51
  • 30

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor bizni yaxshi kutib olishgani mezbonlarga minnatdorchilik bildiraman. Stadiondagi muhit ajoyib bo'ldi. Natijada o'yin ham spektakl ko'rinishini oldi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Klubimizdagi barchani - rahbariyat, xodimlar, murabbiylar, futbolchilar va muxlislarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bu g'alaba hammamizniki. Ushbu g'alabani Toshkentda qolib bizni qo'llab turganlarga, klub qarorgohi va ofisida faoliyat yuritayotganlarga bag'ishlaymiz.


- Temurxo'ja Abduxoliqov zaxirada qoldirilishining sababi nimada?

- Temurxo'ja bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak edi. Lekin bazi sabablarga ko'ra zaxirada qoldirildi. Unda kichik muammo borligi uchun shifokorlar bilan maslahatlashib zaxirada qoldirdik. Asosiy tarkibda o'ynagan Luis Kachorri o'zini ko'rsatib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Men Temurxo'jani juda hurmat qilaman, u yaxshi hujumchi.

- Luis Kachorrining "Bunyodkor" bilan shartnomasi tugadi. Klub unga yangi shartnoma taklif qiladimi? 

- Men murabbiyman va o'z taklifimni rahbariyatga berishim mumkin. Lekin shartnoma masalalarini klub hal qiladi. Bizda rahbariyat bor, sport direktori ishlayapti, Toshkentga qaytgach albatta maslahat qilamiz.

- Azizbek Omonov maydonga kam tushyapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Azizbek mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti, unga etiroz yo'q. U terma jamoada o'ynagan va mahorati yuqori. Lekin futbolda shunday holatlar bo'lib turadi. Biz jamoa bo'lib unga yordam beramiz. Uning insoniylik fazilatlari ajoyib.

- "Bunyodkor" safarda boshqa, uyda boshqacha o'yin ko'rsatmoqda.

- Biz uy yoki safarni tanlamaymiz, har doim yaxshi o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. To'g'ri, uydagi ayrim bahslarda o'zimizni ko'rsata olmadik. "Neftchi", "Surxon", "Buxoro" bilan o'z maydonimizda yaxshi harakat qilgandik. Lekin orada noqulay vaziyatga tushib qoldik. Aytib o'tganimdek, biz o'yinlarni uy yoki safarga ajratmaymiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar