"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida "Borussiya"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Madridliklar safida Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya va Kilian Mbappe, dortmundliklar safida Maksimilian Bayer va Seru Girassi (penaltidan) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
"Qaymoqranglilar" himoyachisi Din Xyoysen so‘nggi umid foli sabab maydondan chetlatildi.
"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi va u yerda "PSJ" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.