Madridning "Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/4 finali doirasida Dortmundning "Borussiya" klubi ustidan g‘alaba qozondi (3:2).
"Qaymoqranglilar" safida gollarga Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya va Kilian Mbappe 10, 20 va 94-daqiqalarda mualliflik qilishdi. Bunga "asalarilar" Maksimilian Bayer va Seru Girassining (penaltidan) 92- va 98-gollari bilan javob qaytardi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ikkinchi gol muallifi, chap qanot himoyachisi Fran Garsiya qo‘lga kiritdi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan yilning may oyidan beri ilk bor gol urdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Xabi Alonso jamoasi "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan "PSJ"ga qarshi o‘ynaydi.