Franciyalik futbolchining shartnomasida 90 mln evro miqdorida sotib olish bandi ko'zda tutilgan. Ammo, "RB Leypcig" bosslari kamroq summadagi taklifni qabul qilishga tayyor. Lukebaga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, "Tottenxem" himoyachini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Kastello Lukeba 2023 yildan beri "RB Leypcig" sharafini himoya qilmoqda. Francuz nemis jamoasi safida jami 72 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.