Anri: "Gvardiola - tarixdagi eng yaxshi murabbiy"

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 10:48
  • 42
  • 30

Franciya futbolining afsonasi Terri Anri tarixdagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi.

"Arsen Venger aqlimni ochgan bo'lsa, Xosep Gvardiola ko'zimni ochdi. "Barselona"da o'ynaganimda, biz nima qilishni aniq bilardik. Har bir mayda detalgacha — hammasi uning nazoratida edi. O'ylaysanki, bu uzoqqa cho'zilmaydi. Lekin u buni qayta-qayta amalga oshirmoqda. Agar Pep haqida bir gap aytishim kerak bo'lsa, u — tarixdagi eng yaxshi murabbiy",- deydi Anri. 

Eslatib o'tamiz, Gvardiola hozirda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini boshqarmoqda. U faoliyati davomida uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan — ikkita sovrinni “Barselona” bilan, bittasini esa “Manchester Siti” bilan qo'lga kiritgan. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar