Jota bilan sobir bo'lgan halokatning sabablari bo'yicha ekspertiza xulosasi malum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2025 23:08
  • 72
  • 30

Diogu Jota uchragan avtahalokatning ehtimoliy sababi malum bo'ldi.

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota hamda uning Portugaliya ikkinchi ligasidagi "Penafiel" safida to'p surgan ukasi Andre Silva payshanba kuni Ispaniyaning Samora viloyatidagi yo'lda sodir bo'lgan avtohalokatda halok bo'lgandi.

El Mundo nashrining xabar berishicha, Samora yo'l policiyasi halokatning eng ehtimoliy sababi avtomobil g'ildiragi bilan bog'liq muammolar va "tezlikning sezilarli darajada oshirilishi" ekanligini ekspertiza orqali aniqlagan.

Hodisa joyida qoldirilgan barcha dalillar sinchkovlik bilan o'rganilgan. G'ildiraklardan birining asfaltdagi izlari halokat joyidan taxminan 100 metr uzoqlikda va 50 metr uzunlikda ekani malum bo'lgan. Aynan shu faktlar dastlabki xulosalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan.

Tergov guruhi tomonidan o'tkazilgan ekspertiza avtomobilni Diogu Jota boshqarganini ko'rsatmoqda. Har ikki yo'lovchining shaxsi va joylashuvi faqat ularning qarindoshlari tomonidan aniqlangan buyumlar orqali aniqlanishiga to'g'ri keldi, chunki futbolchilarning tanasi yong'in oqibatida jiddiy zarar ko'rgan va tanib bo'lmaydigan ahvolga kelib qolgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar