"Shaharliklar" futbolchisi Fil Foden jarohati sababli bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
U to'pig'idan jarohat olgan. Foden ertaroq tiklanishi kutilgandi. Ammo uning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi.
Foden ushbu mavsumda APLda faqatgina bir o'yinda - "Tottenxem"ga (0:2) qarshi bahsda 15 daqiqagina o'ynadi.