"Lion"ning Liga 1dagi taqdiri hal bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 09.07.2025 19:16
  • 66
  • 30

"Lion" Liga 1da qoladi.

Milliy nazorat va boshqaruv direkciyasi (DNCG) payshanba kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda klubni Liga 2ga tushirish to'g'risidagi qarorni bekor qildi.


Shu tariqa, "Lion" 2025/26 mavsumda Liga 1da o'ynaydi.


Biroq, RMC Sport xabariga ko'ra, klub maosh fondi va transferlar uchun ajratilgan summada cheklovlarga duch keladi.

Oldinroq PSJ Bredli Barkola transferi uchun qolgan summani muddatidan avval "Lion" hisobiga o'tkazib bergani va bu jamoaning Liga 1da jon saqlab qolishiga yordam berishi aytilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar