Kongo futbol federasiyasi prezidenti FIFAdan 1,3 million dollar o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

  • Mr.NoBoDy 09.07.2025 22:11
  • 42
  • 30

Kongo Respublikasi futbol federasiyasi rahbari Jan-Gi Blez Mayolas Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)dan 1,3 million dollar, jumladan, ayollar milliy terma jamoasi uchun mo‘ljallangan 500 ming dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

"2018 yilda prezident etib saylanganidan beri Mayolas jahon futbolini boshqarish organidan mablag‘ o‘g‘irlash uchun bir qancha shirkatlardan foydalangan. Mamlakat oliy divizionidagi barcha ayollar klublari prezidentlari imzolagan deklarasiyaga ko‘ra, FIFA tomonidan 202 yilda yuborilgan 500 ming dollarning atigi 20 ming dollari to‘langan", deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Mayolas 8 yildan beri qurilishi tugallanmagan Inyedagi milliy o‘quv markazi uchun 800 ming dollar ajratgan bo‘lishi mumkin.

Nashr manbasiga ko‘ra, bunchalik uzoq vaqt davomida pul qayerga ketganini hali hech kim tushuna olmayapti.

Mayolas hozirda o‘z vazifalaridan chetlatilgan, deya ta’kidlaydi nashr.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar