Payshanba kuni Madrid klubi klublararo jahon chempionati yarim finalida PSJdan (0:4) hisobida mag'lubiyatga uchragach, Nyu-Yorkdagi qarorgohini tark etdi.
Mehmonxonadan chiqish chog'ida "Real" prezidenti Florentino Peres jamoani kuzatib qolish uchun eshik oldida to'plangan jurnalistlar va muxlislar oldida to'xtamadi.
Shunday bo'lsa-da, Marca xabar berishicha, Peres ko'plab minnatdorchiliklarga sazovor bo'ldi - muxlislar tomonidan "Florentino, hammasi uchun rahmat!" degan so'zlar yangradi.