Lui van Gal saraton kasalligini engganini elon qildi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 07:40
  • 69
  • 30

Niderlandiyalik mutaxassis Lui van Gal xavfli o'simtaga qarshi kurashgan haqida gapirdi.

Bir necha yil oldin, van Gal agressiv prostata saratoni bilan og'riganligi malum bo'ldi.

“Saraton endi meni bezovta qilmayapti. Ikki yil avval bir necha marta operasiya stoliga yotdim. Avvaliga hammasi yomon edi. Lekin oxir-oqibat hammasi joyiga tushdi, men saratonni engdim. Bir necha oyda yana tekshiruvdan o'taman, hammasi yaxshi ketmoqda. Men tuzalyapman“, — dedi 73 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, 73 yoshli van Gal murabbiylik faoliyatida “Manchester Yunayted“, “Ayaks“, “AZ Alkmaar“, “Barselona“, “Bavariya“ va Niderlandiya terma jamoasini boshqargan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar