Manbaga ko'ra, bu qayta tamirlangan "Kamp Nou" stadioni yana to'liq tribunalarni yig'ish imkoniyatiga ega bo'lganidan keyin sodir bo'ladi. Kataloniya klubi 38 yoshli argentinalikdan bunday o'yinni tashkil etish uchun oldindan rozilik olgan.
Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2003-2021 yillarda ushbu klub sharafini himoya qilgan. Hujumchi kataloniyaliklar tarkibida 10 karra Ispaniya chempioni, 7 karra mamlakat kubogi va 8 karra Superkubok sohibi bo'ldi, shuningdek, 4 marta Chempionlar ligasi, 3 martadan UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.