Ayni paytda jamoalar tanaffusga yo'l olishgan. Yozgi transfer oynasi esa davom etmoqda.
Championat.asia sayti o'z ananasiga muvofiq birinchi davraning eng yaxshilarini tuzib chiqdi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-davraning eng yaxshi darvozaboni – Abduvohid Nematov ("Nasaf").
O'tgan mavsum Superligada eng zo'r o'yinchilardan biri bo'lgan va "Nasaf"ning chempionligiga katta hissa qo'shgan Abduvohid Nematov 1-davrada ishonchli harakatlari bilan jamoasi qo'rg'onini xavfdan saqlab turdi. Shunday qilib, Abduvohid Nematov Championat.asia talqinida 1-davraning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.
Nematovning 1-davradagi statistikasi: 14 o'yin, 6 quruq o'yin, 33 ta seyv ("Sofascore" portaliga ko'ra), 11 ta gol o'tkazgan.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-davraning eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov ("Dinamo").
Superliganing grand klublariga taqqoslaganda anchayin kamtar tarkibga ega bo'lgan "Dinamo" Abramov boshchiligida birinchi davraning yorqin jamoalaridan biri bo'ldi. O'yin tomonlama ham samarqandliklar muxlislar mehrini qozonishdi. "Dinamo" 15 o'yinda 8 g'alaba, 5 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi va birinchi davrani 3-o'rinda yakunladi. Shunday qilib, Vadim Abramov Championat.asia talqinida 1-davraning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-davraning eng chiroyli goli muallifi – Ikrom Aliboev ("Neftchi").
Superliganing 14-turida "Qizilqum" jamoasi o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi. Uchrashuvning 68-daqiqasida farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboev chamasi 28-30 metrlardan raqib darvozasining to'qqizligini nishonga oldi va hisobni ochdi. Ana shu shedevr Championat.asia talqiniga ko'ra 1-davraning eng chiroyli goli deya etirof etildi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 1-davraning eng yaxshi futbolchisi – Igor Sergeev ("Paxtakor").
OK-2024 da olgan jiddiy jarohatidan keyin uzoq vaqt futbol o'ynay olmagan Igor Sergeev mavsum startidan oldin "Paxtakor"ga qaytdi. Qaytganda ham eng yaxshi formasiga kirib oldi. Igor birinchi davrada 11 ta gol urdi va bitta assist berdi. Ayni paytda to'purarlar poygasida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Shunday qilib, Igor Sergeev Championat.asia talqinida 1-davraning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi.
Resan, Ratino, Ciger... Superliganing 1-davra legionerlar ramziy terma jamoasi