"Manchester Yunayted" Darren Fletcherni U18 jamoasi murabbiyi etib tayinladi.
"Manchester Yunayted" Darren Fletcherning 18 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan tasdiqlamoqda.
Fletcher klubda futbolchi sifatida 20 yil harakat qildi va 340 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi.
Klub yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga ko‘tarilgan Fletcher beshta Premyer-liga, ikkita Angliya liga kubogi, Angliya kubogi, Chempionlar ligasi va FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fletcher darhol yangi vazifalarni bajarishga kirishadi va Germaniyadagi yig‘in va "Karrington" stadionida "Kuinz Park Reynjers"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bilan boshlangan jamoaning mavsumoldi tayyorgarligiga boshchilik qiladi," - deyiladi "MYU" bayonotida.