"Chelsi"ning to‘rt nafar futbolchisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Londonliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ"ni tor-mor etdi (3:0).
KO‘JCH-2025 rasmiy translyatori DAZN o‘z talqiniga ko‘ra musobaqa yakunlari bo‘yicha ramziy jamoa tuzib chiqdi:
Darvozabon: Yassin Bunu («Al-Hilol»);
Himoyachilar: Ashraf Xakimiy, Markinyos (ikkalasi – «PSJ»), Tiago Silva («Fluminense») va Mark Kukurelya («Chelsi»);
Yarim himoyachilar: Pedru Netu, Enso Fernandes, Koul Palmer (barchasi – «Chelsi») va Vitinya («PSJ»);
Hujumchilar: Djon Aryas («Fluminense») va Gonsalo Garsiya («Real Madrid»).