Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev malum qildi.
"Muxlislarga "Lokomotiv"dagi yorqin o'yinlari bilan tanish bo'lgan tajribali yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov "Xorazm" klubi bilan do'stona xayrlashdi", – deyiladi xabarda.
34 yoshli xavbek joriy mavsum 18 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 150 ming evroga baholagan.