Bunu, Kukurelya, Vitinya, Palmer... KJCH ramziy terma jamoasi

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 13:00
  • 54
  • 30

SofaScore internet portali Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ramziy terma jamoasini elon qildi.

Eng yuqori ballni Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer (7,88) oldi.

Resursda elon qilingan malumotlarga ko'ra, ramziy jamoa tarkibiga quyidagi futbolchilar kiritilgan:

Darvozabon: Yassin Bunu ("Al Hilol" — 7,84).

Himoyachilar: Mark Kukurelya ("Chelsi" — 7,45), Markinos (PSJ — 7,23), Kalidu Kulibali ("Al Hilol" — 7,58), Ashraf Hakimi (PSJ — 7,57).

Yarim himoyachilar: Vitinya (PSJ — 7,70), Ruben Nevesh ("Al Hilol" — 7,68), Joshua Kimmix ("Bavariya" — 7,80).

Hujumchilar: Pedru Netu ("Chelsi" — 7,63), Jon Aryas ("Fluminense" — 7,67), Koul Palmer ("Chelsi" — 7,88).

Ўхшаш янгиликлар