"Manchester Siti" 1 milliard funtlik kelishuvga erishdi!

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 15:16
  • 69
  • 30

"Manchester Siti" Puma bilan homiylik shartnomasini uzaytirganini elon qildi.

OAVga ko'ra, kelishuv 2035 yilgacha mo'ljallangan.

Kelishuv ingliz jamoasiga yiliga 100 million funt daromad keltiradi. Puma bilan avvalgi shartnoma "Siti"ga yiliga 65 million funt olib kelardi.

Yiliga 100 million funt va shartnoma qiymati 1 milliard funt – Angliya futboli uchun rekord. "Manchester Yunayted" 2023 yilda Adidas bilan 900 million funtga 10 yillik shartnoma imzolagan, "Liverpul" esa xuddi shu ishlab chiqaruvchi bilan 60 million funt sterlingga kelishib olgandi.

Shuningdek, Puma "shaharliklar" xo'jayinlarining barcha klublari, jumladan, "Melburn", "Jirona", "Mumbay Siti" va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.

Ўхшаш янгиликлар