Ter Shtegen uni asosiy darvozabon sifatida ko'rmaydigan Flikdan xafa

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 15:48
  • 63
  • 30

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"dagi holati klub uchun yanada muammoli bo'lib bormoqda.

Avvalroq "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 33 yoshli futbolchini jamoaning asosiy darvozaboni sifatida ko'rmayotgani va hatto uni Joan Garsiya va Voycex Shensnidan keyin uchinchi raqam deb hisoblayotgani haqida xabar berilgandi. Ter Shtegen asosiy tarkibdagi joy uchun kurashmoqchi ekanligini aniq aytdi.

"Cadena SER" xabariga ko'ra, germaniyalik darvozabon g'azabda va "Barselona"ni tark etishni istamaydi. Biroq uning agenti allaqachon unga jamoa qidirmoqda, agar posbon ketishga qaror qilsa.

Kataloniya klubidagilar Ter Shtegen JCH-2026da Germaniya terma jamoasida o'ynash uchun jamoani tark etishga qaror qiladi deb hisoblamoqda. Biroq u shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun tovon to'lashi kerak bo'ladi. Qayd etilishicha, Ter Shtegenni sotish orqali maosh xarajatlarini kamaytirish "Barselona"ning maqsadlaridan biridir.

Ўхшаш янгиликлар