"Bunyodkor" hujumchisi jamoani tark etdi

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 17:00
  • 54
  • 30

Albaniyalik forvard Luis Kachorri jamoa bilan xayrlashdi.

"O'sish, gollar va unutilmas lahzalarga boy mavsumdan so'ng "Bunyodkor"dagi sayohatim nihoyasiga etdi. Men bilan birgalikda erishganlarimizdan faxrlanaman va klub, jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlovidan minnatdorman. Muxlislarga alohida rahmat, har bir o'yinda uydagidek his etdim. Keyingi bobga o'tamiz", – dedi Kachorri.

27 yoshli "qaldirg'ochlar" libosida 17 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.

Legioner futbolchining keyingi manzili Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasi bo'lishi kutilmoqda. 

Ўхшаш янгиликлар