"Barsa" Osiyo turnesi boshlanishidan oldin uch nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 11:00
  • 54
  • 30

"Barselona" Osiyo turnesi boshlanishidan oldin bazi futbolchilaridan qutilmoqchi.

Katalonliklar bir hafta ichida yarim himoyachi Oriol Romeu va darvozabon Inyaki Penya bilan shartnomalarni bekor qilishni, shuningdek, hujumchi Pau Viktorni sotishni xohlamoqda.


Romeu va Penyaning shartnomalari yana bir yil amal qiladi va agar shartnomalar muddatidan oldin bekor qilinsa, ular qolgan maoshning bir qismini oladilar. Yarim himoyachiga La Liga klublari, jumladan, o'tgan mavsumda Romeu ijara asosida o'ynagan "Jirona" qiziqish bildirmoqda.


Penyaga xorijiy klublardan takliflar bor, lekin darvozabon Primerada qolishni xohlaydi.


"Barsa" Viktorni 10 million evroga sotishga yoki uning huquqlarining yarmini 5 million evroga sotib, qayta xarid qilish huquqi bilan berib yuborishga tayyor. Manbaga ko'ra, hujumchi jamoa bilan turnega borishi ehtimoldan xoli emas, lekin uning kelajagi barbir so'roq ostida.

Ўхшаш янгиликлар