Jurnalist Alfredo Pedulla malumotlariga ko'ra, turinliklar 25 yoshli vinger uchun 15 million funt (taxminan 17,3 million evro) taklif qildi. "Manchester Yunayted" esa 25 million evro so'ramoqda.
Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" allaqachon Sancho hamda uning atrofidagilar bilan kelishuvga erishgan va kelishuvni yakunlash uchun faqat MYU bilan kelishib olish qolgan.
O'tgan mavsumda Jeydon "Chelsi"da ijara asosida o'ynadi. U barcha turnirlarda 42 o'yinda 5 ta gol urib, 10 ta golli uzatma berdi.