Keling buning sabablarini ko'rib chiqamiz.
FIFA Jahon chempionati vaqtida klublarga nega va qancha pul to'laydi o'zi?
FIFA Jahon chempionati vaqtida futbolchilarning klublariga pul to'lash FIFA Club Benefits Programme orqali amalga oshiriladi. Bu dastur klublarning o'yinchilari milliy terma jamoalarda ishtirok etgani uchun moddiy qoplashni nazarda tutadi, chunki bu davrda klublar o'z o'yinchilaridan foydalana olmaydi va ular jarohat olish xavfiga duch kelishi mumkin.
2022 yilgi Jahon chempionati (Qatar) misolida, FIFA klublarga o'yinchilarning ishtiroki uchun kunlik tovon puli to'lagan. Bu miqdor taxminan har bir o'yinchi uchun kunlik 10,000 AQSH dollari atrofida edi. To'lovlar o'yinchi terma jamoa bilan qancha vaqt o'tkazganiga (rasmiy musobaqa boshlanishidan oldingi tayyorgarlik davri va musobaqa vaqti) qarab hisoblangan. Misol uchun:
- Agar o'yinchi Jahon chempionatida, jami 30 kun (tayyorgarlik + musobaqa) ishtirok etsa, uning klubi taxminan 30 kun × $10,000 = $300,000 oladi.
- Agar bir klubdan bir necha o'yinchi ishtirok etsa, to'lovlar ko'payib, umumiy summa ancha yuqori bo'lishi mumkin.
2026 yilgi Jahon chempionati uchun (AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan) to'lov miqdori o'zgarmasligi mumkin, lekin umumiy pul miqdori yanada oshishi kutilmoqda, chunki musobaqa kengaytirilgan formatda o'tkaziladi (48 jamoa). Aniq raqamlar hali elon qilinmagan, ammo 2022 yilgi standartlarga asoslangan holda, klublar uchun tovon miqdori o'yinchilar soni va ularning ishtirok etish kunlariga qarab o'zgaradi.
Masalan, 2022 yilda top-klublar (masalan, "Manchester Siti" yoki "Real Madrid") o'nlab o'yinchilarni terma jamoalarga jo'natgan bo'lsa, ular bir necha million dollar tovon puli olishgan. Bu pul o'yinchilarning ishtirokiga qarab taqsimlanadi, yani ko'proq o'yinchi va ko'proq kun = yuqori to'lov.
Musobaqa boshlanishidan oldingi tayyorgarlik davri necha kunni tashkil etadi?
FIFA Jahon chempionati uchun "rasmiy musobaqa boshlanishidan oldingi tayyorgarlik davri" odatda 7 kunni tashkil qiladi. Bu davr: FIFA bu tovon puliga tayyorgarlik davrida o'yinchilar terma jamoa bilan birga bo'lgan vaqtni ham inobatga oladi. Masalan, 2022 yilgi Jahon chempionati uchun klublarga to'lovlar rasmiy musobaqa boshlanishidan 7 kun oldin boshlangan, yani o'yinchilar terma jamoa bilan yig'ilgan kundan etiboran hisoblanadi.
O'zbekiston terma jamoasining bir futbolchisi uchun FIFA uning klubiga taxminan qancha pul to'laydi?
- Tayyorgarlik davri 7 kun (terma jamoalar musobaqa boshlanishidan 2 hafta oldin yig'iladi, lekin tovon puli kunlari ko'pincha 7 kundan hisoblanadi).
- Guruh bosqichida ishtirok etgan jamoa odatda 3 ta o'yin o'tkazadi, bu taxminan 10-12 kun davom etadi (o'yinlar orasidagi dam olish kunlarini hisobga olganda).
- Agar jamoa guruh bosqichida uchib ketsa, o'yinchi terma jamoa bilan jami 17-19 kun (7 kun tayyorgarlik + 10-12 kun guruh bosqichi) vaqt o'tkazadi. Buning uchun o'rtacha 18 kun deb olamiz.
Hisoblash:
Bir o'yinchi uchun: 18 kun × 10,000 dollar/kun = 180,000 AQSH dollari.
Shunday qilib, agar terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatida faqat guruh bosqichida ishtirok etsa, uning bir futbolchisi uchun FIFA o'yinchi klubiga taxminan 180,000 AQSH dollari to'laydi.
Eslatma:
Agar FIFA 2026 yil uchun kunlik tovon miqdorini oshirsa (2022 yilga nisbatan 70% oshish trendini inobatga olsak), bu raqam 12,000–13,000 dollar/kun bo'lishi mumkin. Bunday holatda, bir o'yinchi uchun tovon puli 18 kun × 12,500 dollar = 225,000 dollar atrofida bo'lishi mumkin.
Agar terma jamoa guruhdan chiqsa 18 kunga yana taxminan 4 kunni qo'shamiz. 22 × 12,500 dollar/kun = 275,000 AQSH dollari.
Jamoa finalgacha etib borsa FIFA jami 46 kun uchun pul to'laydi. Yani, 46 × 12,500 dollar/kun = 575,000 AQSH dollari.
Endi sarlavhaga qaytamiz. Xo'sh, hamma gap mana shu pullardami? Javob: Yo'q, asosiy sabab bu emas. Keling bir nechta sabablarni sanaymiz.
1. Siyosiy vaziyat. Bir oy oldingi voqealardan keyin Evropa va okeanorti mamlakat futbolchilari Eronni "elkamni chuquri ko'rsin" deyishmoqda. Shu bois Eron klublari hududiy jihatdan yaqin bo'lgan O'zbekistonga etibor qaratishni boshlashdi. Bir necha yillar oldin futbolchimiz Eronga o'tmoqda degan xabar chiqsa qo'rqib turardik. Forslar pul masalasida ancha muncha futbolchilarimizni chuv tushirishgan. Lekin hozir zamon boshqa va FIFA orqali oyliklarni olish muammo emas.
2. Eron ligasida yaxshi o'ynayotgan legionerlarimiz. Ha, o'tgan yil Yusupov, O'runov va Masharipov o'zlari to'p tepayotgan klublarning asosiy o'yinchilari bo'lishdi va o'zbekistonlik futbolchilarni yaxshigina reklama qilishdi. Bir paytlar Shinji Kagava Bundesligada ajoyib o'yin namoyish etganidan keyin Germaniya klublari yoppasiga Yaponiya va koreyalik futbolchilarni sotib olishgandi. Qisqa qilib aytganda yigitlarimiz yaxshi imidj shakllantira olishdi.
3. O'zbekistonga qarshi ko'plab o'yinlar. Eron terma jamoasi oxirgi yillarda O'zbekistonga qarshi juda ham ko'p o'yinlar o'tkazdi va bizning futbolchilarning imkoniyatlari qanday ekaniga o'zlari guvohi bo'lishdi. Forslarga qarshi uchrashuvlarda yigitlarimiz mag'lub bo'lishmagani (CAFA finali bundan mustasno) ham katta rol o'ynagani aniq.
4. FIFAdan keladigan pullar. Ha, pullar ham rol o'ynagan, ammo bu eng oxirgi o'rinlarda. Chunki yuqorida hisoblangan mablag'larning hammasi ham Eron klubiga to'lanmaydi. Masalan, Ashurmatov yaqinda "Istiqlol"ga o'tdi. FIFA pullarni oxirgi ikki yilda o'ynagan klubiga beradi. Ashurmatov misolida taxminiy 275 ming dollar "Rubin" hamda "Istiqlol" o'rtasida teng ikkiga bo'linadi. "Istiqlol" futbolchini "Rubin"dan taxminan 400-500 mingga sotib oldi, Ashurmatovning o'ziga ham bir yil davomida taxminan 400-500 ming maosh to'laydi. Yani klub bir yil davomida Rustam uchun taxminan 800-1000 dollar xarajat qiladi va FIFAdan taxminan 225 ming dollarning yarmini (agar O'zbekiston finalga chiqsa 575 mingning yarmini) oladi.
Bu transferlardan ko'proq kim yutadi? Eron klublarimi yoki futbolchilarimiz?
Menimcha ikkala tomon ham. Bir yil avval muxlislar tomonidan quyidagicha fikrlar juda ko'p yangragandi: "Eron klublari futbolchilarimizni atayin olmoqda, ularni zaxirada chiritib terma jamoamizga zarba bermoqchi". Lekin amalda guvohi bo'ldikki Yusupov ham, Masharipov ham o'z klublarining asosiy tarkib futbolchilari bo'lishdi. Agar O'runovni jarohatlar qiynab qo'ymaganida u ham ko'proq maydonga tushishi aniq edi. Terma jamoamiz etakchilari hududiy jihatdan yaqin mamlakatda to'p tepishlari yaxshi. FIFA kunlari vaqtida uchib kelish uchun ko'p vaqt ketmaydi. Iqlim hamda vaqt farqi ham deyarli O'zbekistonga yaqin. Futbolchilarimizning bir klubda o'ynashlari juda yaxshiligini Eldor Shomurodov yaqinda 90minutuz podkastiga bergan intervyusida aytib o'tdi. Eron klublarining yutug'i esa hozirgi siyosiy vaziyatda baribir sifatli, o'z terma jamoasining asosiy futbolchilarini qo'lga kiritishida bo'lmoqda. Yana yuqorida hisoblab chiqqan FIFA tomonidan beriladigan pul ham qilingan xarajatlarni malum qismini qoplashi hammaga tushunarli.