"Liverpul" Ekitike bo'yicha "Ayntraxt" bilan muzokaraga kirishdi

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 22:40
  • 57
  • 30

"Liverpul" Yugo Ekitike masalasida "Ayntraxt" bilan aloqa o'rnatgan.

The Athletic xabariga ko'ra, mersisaydliklar 23 yoshli hujumchining transferi yuzasidan nemis klubi bilan bog'lanishgan. "Liverpul" yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Shu sababli klub bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda.

"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakka bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Shuningdek, klub Darvin Nunesga oid takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

"Nyukasl" ham Ekitikeni sotib olmoqchi - "Ayntraxt" ilgari futbolchini 80 million evroga sotishdan bosh tortgan edi.

Franciyalik futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 15 ta gol urgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar