"CSKA jamoasida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga o'tishi borasida katta yutuqlarga erishildi.
Futbolchi Turkiyaga yo'l olish niyatida.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishida eng katta ulush uning hissasiga to'g'ri keladi", – deyiladi jurnalist Osman Altunterim xabarida.
Avvalroq CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An futbolchi faoliyatini davom ettirish borasida to'g'ri qaror qabul qilishiga ishonishini bildirgan edi.